Jahon | 12:17 / 09.04.2017
18319
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining zarbdor guruhi Koreya yarim oroliga yo‘llandi

Foto: AFP

AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining zarbdor guruhining Tinch okeani hududi qismidagi kemalar guruhi Koreya yarim oroliga yuborilgan. Bu haqda Reuters agentligi harbiy manbaga asoslanib xabar berdi.

Manbaning aytishicha, Singapur yaqinidagi qismdan «Karl Vinson» aviatashuvchisi yetakchiligidagi zarbdor guruh Koreya yarim oroli tomon yo‘l olgan.

Bunday choralar AQSh Shimoliy Koreya harbiy salohiyatini oshirayotganidan tashvishda ekanligi bilan izohlanmoqda.

 

Vashington mintaqadagi ishtirokini kengaytirish zarur, deb hisoblayotgani bildirilgan.

F/A-18F Super Hornet qiruvchi samolyoti «Karl Vinson» bortidan parvozga chiqmoqda

Bundan oldinroq AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Yaponiya va Janubiy Koreyani Donald Tramp ma'muriyati Pxenyanning harbiy harakatlariga qat'iylik bilan javob qaytarishiga ishontirgandi. 

CNN telekanali xabarida aytilishicha, bu guruhning yo‘llanishi shimolliklarning keyingi vaqtlarda amalga oshirayotgan ig‘voli harakatlariga javob bo‘ladi.

Qayd etilishicha, avvaliga ushbu guruh Avstraliyaga jo‘natilishi nazarda tutilgandi. Ammo yo‘nalishni o‘zgartirish ko‘rsatma qilingan. Ushbu guruh AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining Uchinchi floti boshqaruvida harakatlanmoqda.

Mavzuga oid