Buxoroda uch oy davomida voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha nimalar qilindi
Buxoro viloyati ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan 2017 yilning o‘tgan 3 oyi davomida voyaga yetmaganlar masalalariga mas'ul bo‘lgan davlat va nodavlat tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar orasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida 2158 ta davra suhbatlari o‘tkazildi. Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan hamkorlikda farzanddarini ta'lim olishida mas'uliyatsizlikka yo‘l qo‘yib kelayotgan 558 nafar ota-onalarning muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi.
Asosiy e'tibor targ‘ibot tashviqot tadbirlariga qaratilib, umumta'lim maktablarda 1034 marotaba, kasb-hunar kollejlarida 481 marotaba, oliy o‘quv yurtlarida 31 marotaba, mahalla va jamoatchilik o‘rtasida 612 marotaba uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazildi.
Ijtimoiy jihatdan xavfli axvolda bo‘lgan huquqbuzarliklar sodir etishga moyil jamoat tartibini buzgan, adashgan yoki qarovsiz qoldirilgan 1752 nafardan ortiq voyaga yetmaganlar militsiya tayanch punktlariga keltirilib, yakka tartibda profilaktik tadbirlar qamroviga olindi.
Hamkorlikda o‘tkazilgan “Davomat” tadbiri davomida jami 1294 nafar o‘quvchi darslarga qatnashmay ko‘cha va xiyobonlarda va boshqa joylarda maqsadsiz daydib yurgan o‘quvchilar aniqlanib, ulardan 5 nafari mehribonlik uylariga, 8 nafari maxsus maktab-internatlariga, 59 nafari VeIHYoKMga joylashtirilib, qolgani ta'limga qaytarildi.
Tungi vaqtlarda o‘tkazilgan tadbirlar natijasida esa ota-onasi qarovisiz yurgan 22 nafar voyaga yetmaganlar aniqlanib, 15 nafar rahbarlarga nisbatan ma'muriy jazo choralari ko‘rildi.
Jinoyat va huquqbuzarlik sodir etganligi uchun 211 nafar voyaga yetmaganlar, farzand tarbiyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi 195 nafar ota-onalar profilaktik hisobga olinib, hisobda turgan 406 nafar voyaga yetmaganlar va 273 nafar ota-onalar bilan profilaktik ishlar olib borilmoqda.
Ta'lim muassasalarida o‘quvchilar davomatini nazorat qilish borasida Buxoro viloyati tajribasi asosida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining 100 foiziga elektron davomat “Biometrik turniket” qurilmalari, 8 ta akademik litsey va 80 ta kasb-hunar kollejlarida video kuzatuv moslamalari o‘rnatilganligi natijasida ta'lim muassasalarida o‘kuvchilar davomati 9,4 foizga (85,2 foizdan 94,6 foizga) yaxshilandi.
Jumladan, “Profilaktika kuni” doirasida 2017 yil 4-6 aprel kunlari o‘tkazilgan “Davomat” tadbirlari davomida viloyat bo‘yicha o‘rganilgan 260 ta ta'lim muassasalarida umumiy davomat 97,3 foizni tashkil qilib, jami 4198 nafar o‘quvchilarning har xil sabablarga ko‘ra dars mashg‘ulotlarida bo‘lmaganligi, shulardan 215 nafari muntazam ravishda dars qoldirayotgan o‘quvchilarni tashkil qilgan.
Mazkur tadbir davomida farzandini dars mashg‘ulotlariga borishini nazorat qilmagan 38 nafar ota-onalarga nisbatan to‘plangan hujjatlar joylardagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalarga taqdim qilinib, 659 nafar o‘quvchilar o‘qishga qaytarildi.
Mavzuga oid
17:03 / 15.12.2024
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
15:29 / 03.12.2024
Buxoro shahrining tarixiy qismida mototsikl va skuter kabilarning harakati cheklandi
11:04 / 02.12.2024
2025 yilda Rossiya shahrida Buxoro madaniyati kunlari o‘tkaziladi
17:27 / 30.11.2024