Light | 10:16 / 12.04.2017
20646
6 daqiqa o‘qiladi

ALOHA Mental Arithmetic o‘z chegaralarini kengaytirmoqda

Xalqaro toifadagi aqliy arifmetika maktabi yangi filiallarini ochdi. 

Bahor – ilhomlanish, yangilanish va kashfiyotlar vaqti. Yetakchi maktablardan biri bo‘lgan ALOHA Mental Arithmetic Uzbekistan Toshkent va Farg‘onada biryo‘la ikki yangi filialini ochib, o‘z chegaralarini kengaytirmoqda. Endilikda yanada ko‘p bolalar xalqaro dastur bo‘yicha aqliy arifmetika bilan shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ladi.  

Toshkentdagi yangi filial shahar markazida (Markaz-5) joylashgan, Farg‘onadagi ALOHA Mental Arithmetic filiali esa «HappyKids» shinam bolalar bog‘chasi hududida ochilgan. 

Kompaniyaning bosh vakillari lokatsiyalarni doimo bolalar va ularning ota-onalariga g‘amxo‘rlik bilan tanlashadi - bunda nafaqat ichki muhitning qulayligi, balki tashqi muhit va avtoturargohlar ham inobatga olinadi. Yangi markazlardagi xonalar ekologik tabiiy ranglarda bezalgan va o‘quvchilarning yoshini inobatga olgan holda, sifatli mebellar bilan jihozlangan. Tabiiy yorug‘lik va o‘quv xonalarining ventilyatsiyasiga ham katta e'tibor qaratilgan. Ota-onalar uchun shinam va keng dam olish xonasi mavjud - bu yerda farzandini kutayotgan ota yoki ona qahva ichishi yoki noutbukda ishlab o‘tirishi mumkin. 

Filiallarimiz o‘z faoliyatini boshladi va xodimlarimiz aqliy arifmetika sohasidagi bilimlarga ega bo‘lishni istovchi bolajonlarni qabul qilishga tayyor. 

Mashg‘ulotlar ikki asosiy yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi: 5-7 yoshdagi bolalar uchun - Tiny Tots, 8-13 yoshli bolalar uchun - Kids. Har bir dastur bir necha bosqichlarga ajratilgan, har yangi bosqichda yanada murakkab hisob-kitoblarga o‘tiladi. Tiny Tots'ning 10 bosqichi va Kids'ning 8 bosqichi  ALOHA Mental Arithmetic markazida tahsil oluvchi har bir bolaning individual xususiyatlarini inobatga olib,  unga o‘ziga qulay sur'atlarda eng yaxshi natijalarga erishishda yordam beradi. 

Tajribali va malakali personal individual farqlarni inobatga olgan holda o‘yin shaklidagi o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazib, nafaqat bilim olish uchun qulay muhit yaratadi, balki jamoaviylik ruhi hamda guruhdagi tengdoshlar orasidagi muloqotning rivojlanishini ham rag‘batlantiradi. Bunda har bir o‘quvchiga alohida e'tibor qaratiladi. 

ALOHA Mental Arithmetic dasturi faqatgina rasmiy o‘quv markazida olish mumkin bo‘lgan noyob bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni taklif qiladi. Bolalar qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish kabi misollarni osonlikcha yechishni o‘rganib olishadi. Rivojlangan bosqichlarda bolalar kasrli, kvadratli, kvadrat ildizli misollarni yechish, shuningdek yuqorida ko‘rsatilgan amaliyotlarning barchasini o‘zaro uyg‘unlashtirishni o‘zlashtirishadi. 

ALOHA Mental Arithmetic Uzbekistan filiallarida o‘quv jarayoni Bosh idoradagi kabi to‘rt tilda - o‘zbek, rus, ingliz va fransuz tillarida olib boriladi. O‘quv dargohining yana bir o‘ziga xos jihati shundan iboratki, ALOHA Mental Arithmetic Uzbekistan markazi mashg‘ulotlarida shug‘ullanuvchi har bir bola o‘zining shaxsiy ID-kodiga ega bo‘ladi va xalqaro ma'lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bu markaz o‘quvchilariga dasturning 37 ishtirokchi-mamlakatlardan biridagi aqliy arifmetika bo‘yicha xalqaro turnirlarda ishtirok etish imkonini yaratadi. 

ALOHAning katta va ahil oilasining bir qismiga aylangan filialimiz o‘quvchilari ham 2017 yilning 16 iyulida Malayziyada o‘tkaziladigan aqliy arifmetika bo‘yicha Xalqaro chempionatga kuchli tayyorgarlik ko‘rishni boshlashdi. Har yili bo‘lib o‘tadigan bu hodisa butun dunyodan minglab ishtirokchilarni jalb qiladi - u yerga AQSh, Kanada, Meksika, Buyuk Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Ispaniya, Hindiston, Rossiya va boshqa mamlakatlar vakillari tashrif buyurishadi. 

ALOHA Mental Arithmetic Uzbekistan'ning milliy darajadagi saralash bosqichida eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan 3 nafar o‘quvchisi Malayziyaga borishdek ajoyib imkoniyatni qo‘lga kiritadi va xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qilishga muvaffaq bo‘ladi. Ularning ishtiroki markazning to‘liq moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi ostida o‘tadi. 

ALOHA Mental Arithmetic Uzbekistan filiallari: 

Asosiy markaz 
Manzil: Fidokor ko‘ch. (sobiq Chexov ko‘ch.), 7 
Telefon: (+99890) 168−00−46, (+99890) 168−00−47
Sayt: alohauzbekistan.uz
Facebook: fb.com/alohauzbekistan

Birinchi raqamli filial
Manzil: Ts-5, 68A. 
Mo‘ljal: Erudit maktabi.
Telefon: (+99890) 168−45−00.

Farg‘onadagi filial
Manzil: O‘zbekiston Ovozi ko‘ch., 20
Mo‘ljal: Radio uyi, Happy Kids bolalar bog‘chasi.
Telefon: (+99873) 243−77−99, (+99890) 390−40−10.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.

Mavzuga oid