Sport | 11:29 / 21.04.2017
13794
3 daqiqa o‘qiladi

Dortmunddagi portlashni sodir etishda gumon qilinib qo‘lga olingan shaxsning fuqaroligi aniq

Germaniya politsiyasi YeChL 1/4 final «Monako»ga qarshi dastlabki uchrashuvi oldidan Dortmundning «Borussiya» klubi avtobusi portlashi bo‘yicha tergov ishlarini davom ettirmoqda.

Bild nashri bergan xabarga ko‘ra, portlashni sodir etganlikda gumon qilinganlardan biri, 28 yoshli Sergey V. ismli Rossiya fuqarosi bo‘lgan Sergey 21 aprel kuni qo‘lga olingan.

Manbada alohida qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxs bundan tashqari yana bir qator jinoyatlarni, jumladan, qotilliklar sodir etishda ayblanmoqda. Yana bir aniq bo‘lgan jihat Sergey V 13 aprelda qidiruvga berilgan bo‘lib, uning o‘zi Baden-Vyurtemberg shahrida istiqomat qilib kelgan. Politsiya uning masofadan turib boshqariladigan pult yordamida «Borussiya» delegatsiyasi o‘tirgan avtobusni portlatgan bo‘lishi mumkinligini ta'kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, portlash natijasida «Borussiya» himoyachisi Mark Bartra jarohat olgan va bir kun keyin o‘tkazilgan uchrashuvda maydonga tusha olmay qolgandi.

Tahlillarga ko‘ra, Sergey V. pul ishlab topish maqsadida portlashni amalga oshirgan bo‘lishi mumkin. Manba oldinroq uning 78 ming yevro evaziga «Borussiya»ning 15 ming dona aksiyasini sotib olganiga e'tibor qaratgan. Portlashdan keyin esa klub aksiyalari orqali taxminan 4 mln yevro foyda ko‘rish imkoniga ega bo‘lgan.

Shuningdek Bild portlash sodir bo‘lgan vaziyatda Sergey V. restoranga kirib, xotirjamlik bilan bifshteks buyurgani, barcha mehmonlar vahimaga tushib qolganida ham miq etmasdan o‘tirganiga alohida urg‘u berilgan. Sergey V keyinroq qayerdan portlash sodir bo‘lganini ko‘rmoqchi bo‘lib, derazani ochib qo‘yishlarini so‘ragan.

Olib borilgan tergov natijalariga ko‘ra, Sergey hech qanday diniy oqimlar va ekstremistik guruhlarga a'zo emasligi aniq bo‘lgan.

Mavzuga oid