Texnologii | 21:07 / 21.04.2017
16616
2 daqiqa o‘qiladi

Eng ommaviy avtomobil ranglari aniqlandi

BASF Coatings (BASF kompaniyasining lok-bo‘yoq qoplamalari ishlab chiqaruvchi bo‘linmasi) mutaxassislari Yevropa davlatlari va Rossiyadagi eng ommaviy avtomobil ranglarini ma'lum qilishdi. 2016 yil natijalariga ko‘ra, xaridorlardan aksariyati oq rangli mashinalarni tanlashgan. Bu rangdagi mashinalar 29 foizni tashkil qilgan.  

O‘tgan yili 78 foiz avtomobillar oq, qora, kulrang va kulrangning tuslariga bo‘yalgan. Shu bilan birga kulrang mashinalar soni 2015 yildagiga qaraganda kamaygan (mos ravishda, 12 va 16 foiz). 

Eng kam talabgir ranglar och jigarrang, yashil, zarg‘aldoq, tillarang, binafsharang va sariq rang bo‘ldi.

BASF ma'lumotlariga ko‘ra eng ommaviy avtomobil ranglari yetakchi oltitaligi

Kompaniyada avtomobillar segmentlariga qarab rang tanlashdagi ustunliklar turlicha bo‘lgani qayd qilindi. Yevropada ommalashgan ixcham mashinalar bozordagi tendensiyani qaytargan: bunday mashinalardan oq (26 foiz), qora va kulrangdagilari (19 foizdan) ko‘proq sotilgan.      

Krossoverlar va sport modellari uchun eng ommaviy rang kulrang bo‘lgan. Lyuks-segmentdagi mashinalardan ko‘proq qora rangdagilari xarid qilingan.

Mavzuga oid