Sport | 21:51 / 23.04.2017
8958
2 daqiqa o‘qiladi

«Arsenal» Angliya Kubogi finaliga chiqdi

Angliya Kubogi yarim finalida «Arsenal» «Manchester Siti» bilan o‘ynadi. Londondagi «Uembli» stadionida kechgan uchrashuv qo‘shimcha vaqtlarda davom etdi va londonliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

62-daqiqada Yaya Ture maydon markazida to‘pni egallab oldinga yurdi va qulay vaziyatga chiqib borgan Serxio Agueroni pas bilan ta'minladi. Argentinalik hujumchi esa texnikasini namoyish etib, Petr Chexni dog‘da qoldirdi.

71-daqiqada Aleks Oksleyd-Chemberlen o‘ng qanotdan yurish qilib, jarima maydoniga to‘pni uzatdi va bu to‘pni Nacho Monreal darvozaga joylab qo‘ydi.

101-daqiqada Mesut O‘zil jarima zarbasini ijro etdi, Denni Uelbekka zarba berishga qo‘yishmadi, ammo to‘p londonliklar jamoasining boshqa bir hujumchisi Aleksis Sanchesga kelib tushdi va bir necha metr masofadan turi «Siti» darvozasini ishg‘ol qildi. O‘yinda shu hisob saqlanib qoldi va Arsen Venger jamoasi yigirmanchi marta Angliya Kubogi finalida o‘ynaydigan bo‘ldi. Bu esa Angliyadagi rekord natijadir. Bu finallardan 12tasida jamoa g‘oliblikka erishgan.

Angliya Kubogi finalida endi «Arsenal» 27 may kuni «Chelsi» bilan o‘ynaydi.

Arsenal – Manchester Siti 2:1 (0:0, 1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 62 Aguero, 1:1 – 71 Monreal, 2:1 – 101 Sanches.
Arsenal – Chex, Koselni, Xolding, Monreal, Gabriel, Chaka, Oksleyd-Chemberlen (Belerin, 105), O‘zil (Koklen, 119), Remzi, Sanches, Jiru (Uelbek, 83).
Manchester Siti – Bravo, Otamendi, Kompani, Klishi, Navas, Ture, Fernandino (Fernando, 99), Silva (Sterling, 23; Ixeanacho, 105), de Bryuyne, Sane, Aguero (Delf, 99).
Ogohlantirishlar: Sanches (25), Fernandino (69), de Bryuyne (89), Sane (102), Delf (105), Chaka (105), Otamendi (115).

Mavzuga oid