Jahon | 19:58 / 23.04.2017
5988
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy va Eron Arakdagi reaktorni rekonstruksiya qilishga ilk shartnomani imzolashdi

Foto:RIA

Eron va Xitoy Eronning Arakidagi og‘ir suvda ishlovchi reaktorni rekonstruksiya qilishga ilk shartnomani imzolashdi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Shartnomani imzolash rasmiy marosimi 23 aprelda Venada bo‘lib o‘tdi. 

Avvalroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Arakdagi reaktor yuqori xalqaro standartlarga javob beruvchi zamonaviy tadqiqot reaktori bo‘lishini aytgandi.

Arakdagi reaktorni rekonfiguratsiya qilish Eron yadroviy dasturi bo‘yicha qo‘shma harakatlar dasturi doirasida amalga oshiriladi. Reaktor unda qurol plutoniysini ishlab chiqarish mumkin bo‘lmaydigan tarzda qayta jihozlanadi.

Og‘ir suv ba'zi turdagi reaktorlarda neytronlar sekinlashtirgichi sifatida qo‘llanadi. Og‘ir suvdagi reaktorlarda tabiiy urandan qurol plutoniysi olish mumkin. 2016 yilda Eron reaktorning og‘ir suv ishlatilishi kerak bo‘lgan asosiy qismini demontaj qilganini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid