Messining yubileyi, kubok finalidagi London derbisi va haftaning boshqa yorqin lahzalari
O‘tgan hafta yakuni voqealarga boy bo‘ldi. Futbol olamining eng mashhur qarama-qarshiligi, eng tomoshabop o‘yinlardan biri «El-klasiko»ning bu mavsumdagi so‘nggi namoyish o‘tkazildi. Bundan tashqari Angliyada kubok g‘olibligi uchun kurashadigan jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi. Shu va uik-endning boshqa yorqin lahzalarini Tribuna.Uz yodga olib o‘tadi.
«Qirol kim, deb boshqa so‘ramang»
Ispaniya chempionatining 33-turidan keyin matbuot anjumanida qatnashgan Luis Enrike xuddi shu so‘zlarni ishlatdi. «Santyago Bernabeu»da kechgan bu mavsumdagi so‘nggi el-klasikoda «Barselona» Lionel Messining dubli evaziga so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi va chempionatda peshqadam bo‘lib oldi. Leoning ikkinchi goli «Barselona» tarkibida urilgan 500-gol bo‘ldi. Shuningdek, Messi «El-klasiko»ning La-ligadagi to‘qnashuvlarida ham yaqqol to‘purar bo‘lib oldi. Shuningdek «Real» «Bernabeu»da kuzatilmagan eng yomon natijasini qayd etdi.
Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, so‘nggi yillarning eng qiziqarli «klasiko»sida yana bir bezak darvozabonlarning harakatida bo‘ldi. Ayniqsa «Barselona» darvozaboni Mark Andre Ter Shtegenning o‘yini bu kechaning haqiqiy qahramonliklaridan biri bo‘ldi.
Shuningdek La-ligada bu turda yana bir Madrid-Kataloniya qarama-qarshiligi kuzatildi va unda Madrid jamoasining qo‘li baland keldi. «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann uchrashuvda o‘zining chempionatdagi 100-golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Kubok finalida London derbisi
Angliyada bu haftada asosiy e'tibor kubok yarim finallariga qaratildi. Britaniya afsonasi «Uembli»da o‘tgan uchrashuvlarda London jamoalarining qo‘li baland keldi.
Avvaliga «Chelsi» «Tottenhem»ga qarshi maydonga tushib ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Yakshanba kuni esa «Arsenal» yarim finalning yagona boshqa shahar jamoasi «Siti» bilan kuch sinashib qo‘shimcha daqiqalarda kiritilgan gol evaziga g‘alaba qozondi. Bu natija orqali «Arsenal» o‘zining kuboklar tarixidagi rekordini yangiladi.
Chempionatda esa «Manchester Yunayted»ning Ibrahimovichsiz g‘alabasini va «Liverpul»ning autsayderlarga qarshi uchrashuvlardagi navbatdagi muvaffaqiyatsizligini e'tirof etishimiz mumkin. E'tiborli tomoni, Big Sam boshchiligidagi «Kristal Pelas» «Arsenal», «Chelsi» kabi grandlar ustidan g‘alaba yoniga endi «Liverpul»dagi g‘alabani ham qo‘shib qo‘ydi.
Ishdan chiqqan nemis mashinasi
Chempionlar ligasi bilan xayrlashgan «Bavariya»ning muvaffaqiyatsiz o‘yini chempionatda ham davom etdi. Karlo Anchelotti shogirdlari bu safar o‘z uyida «Maynts»ga qarshi so‘nggi daqiqalarda kiritilgan to‘p evaziga durangga erisha oldi, xolos. Myunxenliklar baxtiga bu turda «Leyptsig» ham «Shalke» uyida ochko yo‘qotdi.
Qiziq tomoni kuchli uchlikning so‘nggi jamoasi «Hoffenhaym» ham bu turda ochko yo‘qotdi. Bundan esa «Borussiya» Dortmund unumli foydalanib qoldi. Myongxengladbaxdagi g‘alaba jamoani 3-o‘ringa qaytardi.
Skudettoga bir qadam
Italiyada hammasi hal bo‘lgan. Faqat rasmiyatchiligi qolgan navbatdagi chempionlikni «Yuventus» nishonlash arafasida turibdi. Bu turda jamoa «Jyenoa»ni mag‘lubiyatga uchratib «Roma» bilan oraliq farqni 11tagacha oshirdi.
Markaziy uchrashuvda «Fiorentina» va «Inter» o‘zaro ro‘baro‘ kelishdi va o‘yinda jami 9ta gol kiritildi. «Milan» esa kutilmaganda autsayderga yutqazib qo‘ydi.
Barqaror «Monako»
Yevropa chempionlar ligasi yarim finaliga qadar yetib borgan «Monako» Fransiya chempionatida ham munosib qatnashmoqda. Bu safar Jardim shogirdlari Yevropa Ligasi yarim finalchisi «Lion» uyiga tashrif buyurib, g‘alaba qozondi. Bu jamoaning chempionatdagi ketma-ket 7-g‘alabasi bo‘ldi. «PSJ» ham asosiy raqibidan qolishmagan holda g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bitta ko‘p uchrashuv o‘tkazgan parijliklar «Monako» bilan bir xilda ochko to‘plab turibdi.
Shuningdek bu haftada boshqa bir qator muhim voqealar kuzatildi. Angliyada Ngolo Kante mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, Dele Alli yana bir bor eng yaxshi yosh kim ekanini ko‘rsatdi. «Zenit» mojaroli stadionda o‘zining ilk uchrashuvini o‘tkazdi va bu uchrashuv ham stadionga yarasha mojarolarga boy bo‘ldi. «Spartak» mag‘lubiyatga uchradi. Gretsiyada esa «Olimpiakos» ketma-ket yetiinchi mavsum chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
12:02 / 22.12.2024
«Barsa»da inqiroz, «Siti»da antirekord. Kun o‘yinlari
11:12 / 19.12.2024
«Real»da yangi sovrin, «Arsenal»ga hakamlar yordam berdi, Shomurodov gol urdi
12:23 / 15.12.2024
«Liverpul» ochko yo‘qotdi, «Real» uchta gol o‘tkazdi. Kun o‘yinlari
11:17 / 12.12.2024