Light | 23:01 / 24.04.2017
24671
2 daqiqa o‘qiladi

Semirishdan qo‘rqmay har kuni iste'mol qilish mumkin bo‘lgan shirinliklar nomi ma'lum qilindi

Oramizda shirinliklarni yaxshi ko‘radiganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Biroq ularning kaloriyali ekanligi va shu bois qomatga ta'sir ko‘rsatishi haqidagi o‘ylar bizga tinchlik bermaydi. Parhezshunoslar bu borada qayg‘urishga hojat yo‘qligi, zero qomat buzilishidan qo‘rqmay, har kuni iste'mol qilish mumkin bo‘lgan shirinliklar ham mavjudligini aytishmoqda. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.

Bunday mahsulotlarga, eng avvalo, asal kiradi. U juda kaloriyali, buni unutmaslik kerak, lekin boshqa tomondan, asal foydali moddalarga shu qadar boyki, organizm uni juda yaxshi va asosiysi, samarali hazm qiladi.

Ushbu mahsulotni kundalik ratsionga qo‘shib, shamollash bilan bog‘liq barcha kasalliklardan va hatto tumovdan ishonchli xalos bo‘lish mumkin. Ekspertlar tavsiyasiga ko‘ra, asalni har kuni 3-5 qoshiqdan oshmagan miqdorda iste'mol qilish kerak.

Shuningdek achchiq shokolad ham foydali hisoblanadi, zero uning tarkibiga kiruvchi barcha komponentlari organizmni foydali moddalar bilan to‘yintiradi va energiya zaxirasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, achchiq shokolad stressga chidamlilikni oshiradi, shu bois siz hatto og‘ir damlarda ham asabni asrashingiz mumkin bo‘ladi.

Foydali shirinliklar qatorida quritilgan mevalarning ham alohida o‘rni bor. To‘g‘ri, mahsulot hammaga ham ma'qul kelmasligi mumkin, lekin yodingizda bo‘lsin - bu mahsulotlar fruktoza va glyukozaga boy bo‘lib, juda foydali hisoblanadi.

Mavzuga oid