Fan-texnika | 21:18 / 25.04.2017
24428
3 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy S8'da ilk muammolar qayd etildi

Samsung kompaniyasining yangi Galaxy S8 flagman smartfoni sotuvlari yo‘lga qo‘yilganiga bir necha kun bo‘ldi va endi u haqidagi ilk xulosalarni bayon qilish mumkin. Ularning eng asosiysi - bir qator muammolarga qaramay, smartfonning juda yaxshi sotilayotgani. Hi-Tech Galaxy S8 flagmani bilan bog‘liq muammolarning eng yiriklari bilan bo‘lishdi.

Simsiz zaryadlash uskunasi bilan bog‘liq muammo

Galaxy S8 smartfonining ba'zi sohiblari o‘z telefonlarini Samsung'ning yangi simsiz zaryadlash uskunasida quvvatlantira olmayotganliklaridan shikoyat qilishmoqda. Muammolar, asosan o‘tgan avlodlarning simsiz zaryadlash uskunalari bilan bog‘liq. Bu, ehtimol, kompaniya ularning S8'ga nisbatan qo‘llanishni taqiqlashiga olib kelar. Ta'kidlash joizki, Samsung Adaptive Fast Charger adapteri eski zaryadlash uskunalariga nisbatan sekinroq "standart" tezlikda ishlash imkonini yaratadi.

Yuz ifodasini tanish bilan bog‘liq muammo

Samsung Galaxy S8  mazkur texnologiyaga qiziqishning yangi to‘lqinini keltirib chiqardi - u smartfonni blokdan chiqarish uchun qo‘llanadi. Ma'lum bo‘lishicha, ba'zi hollarda smartfonni blokdan yechish uchun sifatli suratning o‘zi yetarli ekan. Shu bois texnologiyadan elektron to‘lovlarni tasdiqlash haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Uning qanday ishlashi videoda namoyish etilgan:

Seuldagi ishlab chiqaruvchining rasmiy pozitsiyasiga ko‘ra, hozirgi vaqtda yuz ifodasini taniy olish funksiyasi telefonni blokdan yechishning tezkor usuli sifatida xizmat qilmoqda. Kompaniya bu texnologiyaning xavfsizlik darajasi  Iris-skaneri va barmoq izlari skaneriga nisbatan pastroq ekanini tan oladi.

Boshqa muammolar

Bundan tashqari, sotuvlarning boshlanishiga start berilganda smartfonda Samsung Bixby ovozli assistentining yo‘qligi, shuningdek butun dunyo bo‘ylab ba'zi foydalanuvchilarda yuzaga kelgan "qizil ekran" bilan bog‘liq muammolar ham qayd etildi.

Mavzuga oid