Jahon | 12:48 / 26.04.2017
12054
2 daqiqa o‘qiladi

Donald Tramp: «Yolg‘on ma'lumotlarga emas, menga ishoning»

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning Meksika bilan chegarasida qurilishi mo‘ljallangan devor haqida fikrini o‘zgartirmaganini ta'kidladi.

Prezident yolg‘on axborotlarga ishonmaslik kerak ekanini, bu devor mamlakat foydasiga ishlashini aytgan.

«Yolg‘on ma'ulomotlar tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymang va menga ishoning. Devor borasida fikrimni o‘zgartirganim yo‘q. U quriladi. Bu devor narkotik moddalar va odam savdosiga qarshi kurashda bizga yordam beradi»,- deb yozadi Tramp tvitterdagi sahifasida.

 

Bu xabarga munosabat bildirganlar orasida har xil fikrlarni uchratish mumkin. Xususan Holly #TheResistanse nomli akkaunt shunday deb yozadi: «Meksika bu la'nati devor uchun pul to‘lamaydi. Shunday ekan biz ham».

Bu gapga quyidagi karikatura ham ilova qilingan. Unda Tramp Meksika bilan chegaradagi devorni «Ozodlik» haykalini buzib qurayotgani tasvirlangan.

Devor qurilishi haqida gapirganida dastlab Tramp u Meksika hukumati tomonidan moliyalashtirilishini aytgandi, lekin meksikaliklar bunga rozi emas. Shu sabab hozircha bu ulkan qurilish qaysi pulga amalga oshirilishi aniq emas. Yana bir ta'kidlash kerak bo‘lgan jihat shundaki, yuqoridagi 60 mingga yaqin o‘quvchisiga ega akkaunt «shapka»sida Hillari Klintonning Trampdan odam soni bo‘yicha ko‘proq ovoz olgani haqidagi statistika yozilgan. Ya'ni unda asosan Trampning siyosatiga qarshi postlar yozib boriladi.

Mavzuga oid