Uber "uchar avtomobil" yaratish istagini bildirdi
AQShning Uber transport kompaniyasi uchar avtomobillar va ularning shahar sharoitida vertikal uchishi va qo‘nishi uchun infratuzilma yaratmoqchi. Bu haqda USA Today nashri xabar bermoqda. Bunday mashinaning ishchi prototipini 2020 yilgacha yaratish va Dubaydagi Butunjahon ko‘rgazmasida namoyish qilish rejalashtirilmoqda.
"Shahar aviatsiyasi Uber uchun mantiqiy keyingi qadamdir. Aynan shuning uchun biz "Tugmani bos va parvoz qil" deb ifodalash mumkin bo‘lgan g‘oyani amalga oshirishga intilmoqdamiz", deb aytdi kompaniyaning yangi mahsulotlarini yaratish dasturi rahbari Jyeff Xolden Dallasda ochilgan Elevate Summit anjumanida.
NBC telekompaniyasi shu munosabat bilan Uber bu loyihani amalga oshirishda 5 ta avtomobilsozlik kompaniyasi, jumladan Braziliyaning Embraer va AQShning Bell Helicopters kompaniyalari hamda Dallas va Dubay shahri rahbariyatlari bilan hamkorlik qilishini ta'kidlab o‘tdi.
Ayni vaqtda bir nechta kompaniya – Vahana nomli mashinani yaratayotgan Airbus Group aerokosmik gigantidan tortib Slovakiyaning AeroMobil Flying Car startapigacha uchar avtomobillar konsepsiyasi ustida ish olib bormoqda. Slovak startapi yaratgan uchar avtomobil o‘tgan hafta Monakoda namoyish qilingandi va 5 o‘rindiqli mashina uchun buyurtmalar olishga tayyorligini e'lon qilgandi. Bu mashinaning narxi 2020 yilda yetkazib berilishi boshlangandan keyin 1,3 mln dollardan 1,6 mln dollargachani tashkil qilishi mumkin.
Ko‘rgazmada namoyish qilingan yana bir uchar avtomobil – Niderlandiyada yaratilgan uch g‘ildirakli PAL-V qurilmasi bo‘lib, u "sertifikatlash jarayonidan o‘tgan ilk tijoriy uchar mashina" sifatida reklama qilinmoqda. Bu mashina 180 km/soat tezlik bilan parvoz qila oladi va narxi 400-600 ming dollar turadi.
Telekompaniyaning ta'kidlashicha, bu loyihalarning barchasidagi "minus" jihat shundan iboratki, uchar mashinalar haydovchilari oddiy haydovchilik guvohnomalaridan tashqari uchuvchi litsenziyasini ham olishlariga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
11:04 / 04.12.2024
Uber Hindistonda suv taksisi xizmatini ishga tushirdi
20:14 / 28.11.2024
Uber obuna rejasi tufayli Amerika regulyatori tomonidan tekshiriladi
20:27 / 26.08.2024
Uber Niderlandiyada rekord miqdorda - 324 mln dollar jarimaga tortildi
19:18 / 01.08.2024