2494 nafar bitiruvchi "O‘zbekiston temir yo‘llari" korxonalariga taqsimlandi
2 may kuni "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Toshkent shahridagi Milliy matbuot markazida I chorak yakunlari bo‘yicha hisobot berdi.
Tadbirda ishtirok etgan "Kun.uz" xodimiga ko‘ra, matbuot anjumanida 2016-2017 o‘quv yilida temir yo‘llar yo‘nalishi bo‘yicha 2494 nafar talaba kollej va institutlarni tamomlashi kutilayotgani ma'lum qilingan. Bugunga kelib, ularning barchasi "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksionerlik jamiyati korxonalariga taqsimlangan. AJ o‘z oldiga bitiruvchilarni 100 foiz ish bilan ta'minlash rejasini qo‘ygani ta'kidlandi.
Shuningdek matbuot anjumanida talabalar va mutaxassislarning chet elda malaka oshirishi masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda ushbu yo‘nalish bo‘yicha 500 nafarga yaqin o‘zbekistonlik Rossiya Federatsiyasi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olmoqda va malaka oshirmoqda. Bundan tashqari, Ispaniya va Germaniya kabi Yevropa mamlakatlari bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, "O‘zbekiston temir yo‘llari" xodimlari u yerlarga borib, malaka oshirib qaytmoqda.
Mavzuga oid
10:51 / 30.11.2024
Andijonda bitiruvchilar dars hisobidan 3 kunlik armiyaga yuborilmoqda, MMTV buni oqlamasligini bildirdi
09:50 / 23.10.2024
Tadbirkorlardan hisobot talab qilib olishda davlat organlari mas’uliyati oshiriladi
08:10 / 25.09.2024
Kasbiy malaka respublika kengashiga bosh vazir raislik qiladi
18:19 / 21.09.2024