Jahon | 19:08 / 02.05.2017
15345
1 daqiqa o‘qiladi

BAA Antarktikadagi muzlikni o‘z qirg‘oqlariga olib kelmoqchi

Foto: Fotolia / fotodeandre

BAA Fujayra amirligi sohillariga Antarktikadan muzlik olib kelish rejalari borligi haqida ma'lum qildi. U mintaqadagi chuchuk suvning yangi manbasiga aylanadi, deb xabar bermoqda Arabian Business nashri.

Nashrning yozishicha, bu qadam mintaqadagi iqlimning jiddiy o‘zgarishiga olib kelishi mumkin, sababi aysberglar sovuq havosi yog‘ingarchiliklar sonining ortishiga olib kelishi ehtimolga yaqin.

Bundan tashqari, rejaga ko‘ra, muzlikning erishi dengizga chuchuk suv tushishiga turtki beradi, hamda shu orqali ekologik muvozanat va bioxilma-xillik tiklanadi.

Shuningdek, aysberglar turistlarni yanada ko‘proq jalb etishga ham yordam beradi.

Mavzuga oid