Jahon | 07:46 / 07.05.2017
6316
2 daqiqa o‘qiladi

Olland Makron shtabidan ma'lumotlar sizib chiqib ketganiga izoh berdi

Foto: RIA

Fransiya prezidenti Fransua Olland Emmanuel Makronning "Olg‘a" harakati elektron pochtasiga ehtimoliy xakerlik hujumida vaziyatni "beqarorlashtirish"ga urinishlarni ko‘rmayotganini aytdi va bu holat yuzasidan tergov natijalarini kutib qolishga chaqirdi, deb xabar bermoqda "Frans Press" axborot agentligi. 

Bundan avval Fransiya prezidenti lavozimiga nomzod Makron jamoasi harakat vakillarining elektron pochtalari buzib kirilganini va buning oqibatida ma'lumotlar o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgandi. 

"Agar haqiqatan ham buzib kirish yoki ma'lumotlarni qo‘lga kiritish yuz bergan bo‘lsa, unda muayyan jarayonlar amalga oshiriladi", deb aytdi Olland va gap qanday choralar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi.

Prezidentning aytishicha, hukumat xakerlik hujumlari amalga oshirilishi mumkinligiga Makron shtabi pochtasiga buzib kirilgani haqidagi axborot paydo bo‘lgandan avvalroq ham e'tibor qaratgan. "Hech narsa javobsiz qolmaydi", deb aytdi Olland va tergov natijalarini kutishga chaqirdi.

Mavzuga oid