Jamiyat | 16:25 / 12.05.2017
36219
2 daqiqa o‘qiladi

Lola Karimova Islom Karimov fondining dastlabki ta'lim granti sohiblarini tanishtirdi

Foto: Facebook / Lola Karimova-Tillayeva

Lola Karimova-Tillayeva o‘zining feysbukdagi rasmiy sahifasida Islom Karimov nomidagi Fond tomonidan chet elning peshqadam oliygohlarida magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil uchun e'lon qilingan grant sohiblarini ma'lum qildi. Ushbu tanlovda jami 300ga yaqin yoshlar qatnashgan edi.

"G‘oliblarimiz mutahassislik va chet tilidan o‘tkazilgan imtihon va testlarda barcha ishtirokchilar orasida eng ko‘p ball to‘plab, o‘z bilim va irodalari tufayli grant sohibi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldilar", - deb yozadi Karimova-Tillayeva.

Tanlov g‘oliblari:
1. Usmonov Mirusmon (Toshkentdagi Turin Politexnika universiteti bitiruvchisi)
2. Mirtursinov Madiyor (Turin Politexnika universiteti, Toshkent)
3. Asadov Bekzod (Turin Politexnika universiteti, Toshkent)
4. Iskandarov Nursulton (Toshkent Melioratsiya va irrigatsiya instituti)
5. Mahkamova Lazizaxon (Toshkent Arxitektura-qurilish instituti)
6. Qambarov Farxodjon (Turin Politexnika universiteti, Toshkent)
7. Tursunaliyev Ulug‘bek (Turin Politexnika universiteti, Toshkent)
8. Garder Nik (Gubkin nomidagi Rossiya Davlat universitetining Toshkentdagi filiali)
9. Mirzahmedov Otabek (Turin Politexnika universiteti, Toshkent)
10. Usmonov Abdijalol (Turin Politexnika universiteti, Toshkent)
11. Nurmamatov Jahongir (Turin Politexnika universiteti, Toshkent)
12. Feyzullayev Alim (Toshkent Arxitektura-qurilish instituti)

Grant sohiblari o‘qishining boshlanishi joriy yilning oktabr oyiga rejalashtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz: Bu yilgi tanlov quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘tkazilgan edi: tabiiy fanlar (qayta tiklanuvchi energiya manbalari va kimyo), suv va yer resurslarini boshqarish, mashinasozlik texnologiyalari, oziq-ovqat texnologiyalari, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat ishlab chiqarish va marketingi, arxitektura (shaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etish va qayta tiklash), dizayn (mahsulot dizayni, sanoat va me'morchilik dizayni) hamda rassomchilik.

Mavzuga oid