Sport | 20:27 / 14.05.2017
6414
2 daqiqa o‘qiladi

Turinda 0:5. «Napoli» ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

Foto: twitter.com/@Squawka

Italiya chempionatining 36-turida «Napoli» «Torino» bilan o‘ynadi. Turinda kechgan uchrashuv mehmonlarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Jo Hart darvozasiga gollarni Xose Kallejon (dubl), Lorentso Insine, Dris Mertens va Pyotr Zelinski urdi. 

Ushbu g‘alaba evaziga neapolliklar jamoasi turnir jadvalida «Roma»ni quvib o‘tib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Rimliklar bugun «Yuventus»ga qarshi o‘ynaydi.

Ayni vaqtda, mavsum yakuniga ikki tur qolganida Allegri jamoasi 85 ochko bilan birinchi o‘rinda, «Napoli» 80 ochko bilan ikkinchi, «Roma» 78 ochko bilan uchinchi o‘rinda joylashgan.

Italiya chempionati, 36-tur

Torino – Napoli 0:5 (0:1, 0:4)
Gollar: 0:1 – 7 Kallejon, 0:2 – 60 Insine, 0:3 – 72 Mertens, 0:4 – 76 Kallejon, 0:5 – 78 Zelinski.
Torino – Hart, Rossettini, Molinaro, Dzappakosta, Karlao, Benassi (Gustafsson, 52), Bazelli (Obi, 75), Yago Falke, Lyayich, Boyye (Iturbe, 59), Belotti.
Napoli – Reyna, Albiol, G‘ulom, Husay, Kulibali, Kallejon (Milik, 82), Allan (Zelinski, 64), Insine, Hamshik (Rog, 66), Mertens, Jorjino.
Ogohlantirishlar: Bazelli (8), Gustafsson (53), Albiol (56).

Mavzuga oid