Light | 08:59 / 15.05.2017
25170
8 daqiqa o‘qiladi

Ham hordiq, ham salomatlik!

Acibadem Bodrum bilan yangi sog‘lom hayotga qadam tashlang

Turkiya - tibbiy turizm yo‘nalishidagi yetakchi mamlakatlardan biridir. Egey dengizining ko‘rkam manzarali qirg‘og‘ida joylashgan Bodrum mamlakat tibbiy turizmining gavhari hisoblanadi. Bu yerda tabiat go‘zalligining o‘ziyoq inson dardiga malham bo‘ladi. Acibadem xalqaro tarmog‘ining mashhur klinkalaridan biri aynan shu maskanda joylashgan. Klinikaning yuqori malakali mutaxassislardan iborat jamoasi turli tibbiy yo‘nalishlar bo‘yicha jumladan: onkologiyadan tortib to EKU va estetikaga bog‘liq kasalliklarga tashxis qo‘yadi hamda ularni sifatli davolaydi. Yozgi mavsumda bu ajoyib imkoniyat - Bodrumda hordiq chiqarish davomida organizmni to‘liq sheck-up tekshiruvdan o‘tkazishni taklif qiladi.
 


Check-up o‘zi nima?

Check-up - organizmning ochiq belgilar namoyon bo‘lmagan holatlarida insonning salomatlik darajasini yoki kasallikni erta bosqichda aniqlashga, shuningdek kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muayyan kasalliklarga moyilligini kuzatishga yo‘naltirilgan to‘liq tibbiy tekshiruv. Tashxisdan o‘tgandan keyin shifokorlar natijalarni tahlil qilishadi va o‘z xulosalarini bayon qilishadi. Shuningdek ular xushbichimlik uchun zarur bo‘lgan sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, jismoniy mashg‘ulotlar, to‘g‘ri ovqatlanish borasida muhim tavsiyalar berishadi.  

Sheck-up nima zarur?

Sog‘liqdan shikoyat yo‘q bo‘lsa, ehtimol, shifokorga borishga hojat yo‘q, deb o‘ylarsiz. Biroq shuni unutmangki, ko‘p kasalliklar belgilarsiz kechadi. Bundan tashqari, kasallikni rivojlantirishga olib kelishi mumkin bo‘lgan ko‘plab xavfli omillar mavjud: zararli odatlardan to genetik moyillikkacha (masalan: qandli diabet, kardiologik yoki onkologik kasalliklardan aziyat chekkan qarindoshlar bo‘lishi).

Shu munosabat bilan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) salomatlikni muhofaza qilish maqsadida yilda kamida bir marta diagnostik tahlildan o‘tishni tavsiya qiladi. 

Shifokorlar 30 yoshdan oshgan ayollarga muntazam ravishda ginekolog ko‘rigidan o‘tish va ko‘krak saratoni skriningiga tushishni maslahat berishadi. 40 yoshda bu ro‘yxatga mammografiya qo‘shiladi, 50 yoshdan keyin yo‘g‘on ichak saratoni uchun kolonoskopiyadan tekshiruvidan o‘tib turish kerak bo‘ladi. 50 yoshdan oshgan erkaklarga, hatto shikoyat bo‘lmagan taqdirda ham, muntazam ravishda qon tahlili topshirish va prostata saratonidan himoyalanish uchun mutaxassis ko‘rigidan o‘tish tavsiya qilinadi. Ular ham kolonoskopiya tekshiruvidan o‘tishi maqsadga muvofiqdir.
 

Acibadem klinikasining sheck-up dasturlari jins va yoshdan kelib chiqqan holda tuziladi hamda zarur tekshiruvlar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Siz atigi bir necha soat davomida, o‘z sog‘lig‘ingizni tekshirib, jiddiy kasalliklardan himoyalanishingiz mumkin. 

Acıbadem'da Check-up dasturlarining qanday turlari taqdim etilgan?

Bodrumdagi Acıbadem klinikasida jins va yoshga qarab,  ayollar, erkaklar hamda bolalar uchun alohida tekshiruvdan o‘tkazish dasturlari taqdim etiladi. Bu yerda shuningdek onkologiya hamda kradiologiya kabi turli yo‘nalishlar bo‘yicha diagnostika o‘tkaziladi. Tekshiruv davomida shifokorlar turmush tarzi, shaxsiy xususiyatlar va genetik moyillik kabi omillarni tahlil qilishadi.

Onkologik sheck-up alohida e'tiborga loyiq, u organizmda xavfli va xavfsiz o‘simtalar mavjudligini aniqlash hamda ular bilan kurashishda zarur choralar ko‘rish imkonini beruvchi bir qator muhim tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi. Aksariyat onkologik kasalliklar erta bosqichda aniqlangan taqdirda, ularni davolash mumkin bo‘ladi. Shu bois bunday tekshiruvlar muhim ahamiyatga ega. 

Acibadem'da check-up tekshiruvlarining ustuvor jihatlari qanday?

  • Katta ish tajribasiga ega yuqori malakali mutaxassislar jamoasi tekshiruv o‘tkazadi va tibbiyot sohasidagi yangi ishlanmalarni kuzatib boradi;
  • Acibadem klinikalari nufuzli JCI akkreditatsiyasiga ega, bu esa tibbiy xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatidan dalolat beradi;
  • Turkiyadagi yagona sertifikatlangan ISO 15189 labaratoriyasining mavjudligi;
  • Sheck-up natijalari shifokorlar tomonidan alohida tahlil qilinadi hamda raqamli usulda yozib boriladi. Ularni Acibadem'ning barcha klinika va tibbiy markazlarida olish mumkin;
  • Zarurat tug‘ilgan tadqirda xorijiy mijozlarga bepul tarjimon xizmatlari taqdim etiladi;
  • Tekshiruvdan o‘tish vaqtida bemorlar doimiy kuzatuvchiga ega bo‘lishadi;
  • Sheck-up bo‘limida dam olish uchun individual VIP-xonalar mavjud.

Xorijlik mijozlar uchun kutilganidan-da a'lo xizmatlar...

Acibadem klinikalar tarmog‘ida xorijiy bemorlar bilan ishlashga mo‘ljallangan Xalqaro Markaz yaratilgan bo‘lib, u mijoz murojaat qilgan vaqtdan boshlab, to uyiga qaytgunga qadar unga zarur yordam ko‘rsatadi. U davolashni tashkillashtirish bo‘yicha quyidagi tibbiy ma'lumot va xizmatlarni taqdim qiladi.

Acibadem Xalqaro Markazining bepul xizmatlari:

  • Shifokorlarning onlayn-konsultatsiyasi va tibbiy xizmatlar narxining hisob-kitobi;
  • Shifokor bilan maslahatlashuvni rejalashtirish;
  • Shifoxonaga yotqizishda yordam ko‘rsatish;
  • Tarjimon xizmatlari;
  • Aeroportdan transfer qilish va davolash davrini tashkillashtirish;
  • Mehmonxonaga joylashtirishni tashkiliy yordam ko‘rsatish;
  • Sug‘urta kompaniyasi bilan  bog‘liq masalalarni hal qilishda yordam berish;
  • Muntazam shifokor nazorati.

Biz bilan bog‘lanish:

Acibadem'ning xorijiy mijozlar bilan ishlash Xalqaro Markazi faoliyati Siz va Sizning oila a'zolaringizga klinikada va undan keyingi davrda yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.  Bizning maqsadimiz - Siz uchun qulay va sokin muhit yaratish. Xodimlarimiz yuzaga keladigan savollar bo‘yicha Siz va oila a'zolaringizga o‘z  ona tilingizda javob olishga bajonidil yordam berishadi. 

O‘zbekistondagi vakotlatxonamiz:
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li massivi, 19-uy
Telefon: (+99895) 144 54 45
www.acibadem.com.ru

Acibadem klinikalarining xalqaro tarmog‘i

Acibadem klinikalar tarmog‘i Turkiyada tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida yetakchisi hisoblanadi. U eng yaxshi va yangi tibbiy texnologiyalarni qo‘llagan holda yuqori sifatli diagnostika va davolash xizmatlarini taqdim etadi. Bugungi kunda tarmoq tarkibida Bodrum klinikasidan tashqari, dunyoning beshta mamlakatida, qolaversa  21 ta zamonaviy ko‘p tarmoqli klinika va 19 ta ambulator poliklinika mavjud.

Har yili 4,5 milliondan ziyod bemor, shu jumladan xorijlik bemorlar ham yordam so‘rab murojaat qilishadi. ACIBADEM klinikalari barcha tibbiy yo‘nalishlar bo‘yicha keng ko‘lamli xizmat turlarini taqdim etadi - onkologiya, neyrojarrohlik, ortopediya, kardiologiya, ginekologiya, sport tibbiyoti hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori darajadagi professional diagnostika va kasalliklarni sifatli davolash shular jumlasidandir. Tarmoqning barcha muassasalari eng yangi tibbiy texnologiyalar bilan ta'minlangan, zamonaviy qulay infratuzilmaga ega va yuqori xalqaro standartlar bo‘yicha ish olib boradi .

Ta'kidlash joizki, ACIBADEM klinikalari faoliyatining yuqori sifati Joint Commission International – eng nufuzli va mustaqil xalqaro akkreditatsiya tashkiloti tomonidan tasdiqlangan. JCI tibbiy xizmatlar sifati standartlarini belgilab beradi va tibbiy tashkilotlarda xizmat ko‘rsatishni yaxshilash hamda mijozlar xavfsizligini oshirish maqsadida ularni baholash bilan shug‘ullanadi. Dunyoning 51 mamlakatida faoliyat yurituvchi 600 ga yaqin klinika nufuzli JCI akkreditatsiyasiga ega.

Reklama huquqi asosida. 

Mavzuga oid