Amnesty International 2016 yilda 281 nafar huquq himoyachisi o‘ldirilganini ma'lum qildi
Dunyoda huquq himoyachilarini ta'qib qilish "tahlikali ko‘rinish" oldi, deb ma'lum qildi Amnesty International huquqni himoyalash tashkiloti.
Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda 281 nafar huquq himoyachisi o‘ldirilgan. 2015 yilda qurbonlar 156 nafar bo‘lgandi.
Tashkilotning ma'ruzasida aytilishicha, inson huquqi himoyachilari muntazam ravishda ta'qiblarga, qo‘rqitishlarga, tuhmatlarga, shafqatsiz munosabatga va noqonuniy hibsga olishlarga uchraydilar. Ularga hukumatlar, qurollangan guruhlar, korporatsiyalar va boshqalar bosim o‘tkazadi.
O‘tgan yili huquq himoyachilari tinch aksiyalar uchun kamida 22 davlatda o‘ldirilganlar. Qotilliklardan 4 dan 3 qismi Shimoliy va Janubiy Amerikaga to‘g‘ri keladi.
"63 ta davlatda huquq himoyachilari tuhmatga uchraganlar, 68 ta davlatda o‘z ishlari bilan tinchgina shug‘ullanayotganlari uchun hibsga olinganlar yoki ushlanganlar", deb ta'kidlamoqda tashkilot. Yana 94 ta davlatda faollar hujum va tahdidlarga uchraganlar.
Ma'ruzada ta'kidlanishicha, ko‘plab davlatlar hukumatlari huquq himoyachilari faoliyatini xatarli qiluvchi qonunlarni qabul qilmoqdalar.
Mavzuga oid
11:44 / 04.01.2025
Nukusda mast askar 6 kishini pichoqladi. 1 kishi vafot etgan
18:00 / 03.01.2025
Rossiyada qorbobo kiyimidagi erkak qarzi uchun do‘kon egasini otib o‘ldirdi
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
18:43 / 20.12.2024