Fan-texnika | 14:22 / 17.05.2017
7099
2 daqiqa o‘qiladi

Dreamliner’da Riga va Nyu-Yorkka parvoz qilish imkoni yaratildi

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

Joriy yilning 18 may kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Boeing 787 Dreamliner’da Toshkent-Riga-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshiradi. Bu haqda Kun.uz’ga MAK axborot xizmati xabar berdi.

Toshkent-Riga-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishida ushbu turdagi samolyotdan foydalanish MAK yo‘lovchilariga Riga shahriga 20-30 daqiqada juda qulay sharoitda yetib borish imkonini beradi. Nyu-Yorkka bo‘lgan masofa esa bir soatga qisqaradi. 246 o‘rindiqqa ega bo‘lgan (24 biznes va 222 – iqtisod sinf) Boeing 787 Dreamliner samolyotlari saloni dizayniga bo‘lgan yangicha yondashuv uzoq parvozga shaylangan yo‘lovchilarga maksimal qulaylik yaratib beradi. 

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha birinchi reysda MAKning 4 ekipaji ishlaydi. 

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston havo yo‘llari» Boeing 787 Dreamliner’dan tijoriy maqsadda foydalanishni o‘tgan yilning sentabridan boshladi. Bugungi kunda «orzular laynerlarida» Dubay, Istanbul, Tel-Aviv, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapurga parvoz qilish mumkin.

Mavzuga oid