OAV: Tramp maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilgan jurnalistlarni qamoqqa olishni taklif qilgan
Fevral oyida AQSh prezidenti Donald Tramp Federal qidiruvlar byurosining o‘shandagi rahbari, endilikda bu lavozimdan chetlatilgan Jyeyms Komi bilan uchrashganda jurnalistlarni maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilganliklari uchun qamoqqa olish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qilgan, deb yozmoqda The New York Times nashri.
Nashrga Komining hamkasblaridan birining aytishicha, Tramp milliy xavfsizlik sohasidagi yetakchi amaldorlar bilan uchrashuv o‘tkazgan. Suhbat tugagach, prezident Komidan tashqari hammani qo‘yib yuborgan. Tramp Komi bilan yakkama-yakka suhbatda OAVda maxfiy axborotning sizib chiqqanini keskin qoralagan va shu sababli Komiga jurnalistlarni maxfiy axborotni oshkor qilganlik uchun qamoqqa olishni taklif qilgan.
Shundan keyin Tramp Komidan milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinnga nisbatan tergovni to‘xtatishni so‘ragan.
Biroq Oq uy bu axborotni rad etmoqda.
Mavzuga oid
21:26 / 12.12.2024
«Chegara bilmas muxbirlar»: 2024 yilda dunyoda 54 nafar jurnalist o‘ldirildi
19:56 / 13.10.2024
Venesuela hukumati jurnalistlarning xorijga chiqish pasportlarini tortib olayotgani ma’lum bo‘ldi
23:59 / 08.10.2024
Slovakiya bosh vaziri OAVni nazorat qiladigan boshqarma tuzish kerakligini aytdi
22:56 / 19.01.2024