OAV: AQSh Koreya yarim oroliga ikkinchi aviatashuvchi kemani yubordi
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining "Ronald Reygan" aviatashuvchi kemasi Shimoliy Koreya tomondan raketa uchirilishidan keyin Koreya yarimorolida keskinlik kuchaygan bir paytda yarimorolga yo‘nalmoqda. Bu haqda CNN telekanali ikki nafar amerikalik harbiy amaldorga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
AQSh mudofaa vazirligi vakillarining ma'lum qilishicha, aviatashuvchi kema avvalroq mintaqaga yuborilgan "Karl Vinson" kemasi boshchiligidagi aviatashuvchi guruh bilan birgalikdagi mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.
Ta'kidlanishicha, kema ekipaji turli mashg‘ulotlar o‘tkazadi, biroq "birinchi navbatda o‘z e'tiborini samolyotlarni xavfsiz uchirish va qabul qilishga qaratadi".
Avvalroq AQSh qurolli kuchlari mintaqada Shimoliy Koreya harbiy obektlariga istalgan vaqtda, jumladan "Tomagavk" raketalari bilan, zarba berishga imkoniyat beruvchi aviatashuvchi va suv osti kemalarini joylashtirishni deyarli yakunlagani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024