Sport | 23:49 / 20.05.2017
5613
2 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. "Roma" safarda 5ta urib, "Napoli"dan 4 ochko ilgarilab ketdi

Italiya chempionatining 37-turida "Kevo" o‘z uyida "Roma"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 3:5 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi. 

Mezbonlar tarkibida Kastro 1ta gol urgan bo‘lsa, Ingleze dubl qayd etdi. Rimliklar tarkibida El-Shaaravi va Salah dublga erishgan bo‘lsa, Jyeko o‘z hisobiga 1ta gol yozib qo‘ydi. 

Ushbu turdan so‘ng "Roma" 84 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Rimliklar 3-o‘rinda borayotgan "Napoli"dan 1ta o‘yin ko‘p o‘ynagan holda 4 ochko ko‘p jamlagan. "Kevo" esa 43 ochko bilan 13-pog‘onani band qilgan. 

Kevo – Roma 3:5 (2:2, 1:3)
Gollar: 1:0 – 15 Kastro, 1:1 – 28 El-Shaaravi, 2:1 – 37 Ingleze, 2:2 – 42 Salah, 2:3 – 58 El-Shaaravi, 2:4 – 76 Salah, 2:5 – 83 Jyeko, 3:5 – 86 Ingleze.
Kevo – Sorrentino, Gamberini (Frey, 57), Gobbi, Kachchatore, Tsesar, Depaoli, Radovanovich, Kastro (Pellisse, 46), Basten, Birsa, Ingleze (Vignato, 87).
Roma – Shchensny, Manolas, Emerson, Ryudiger, Fasio, Strotman, de Rossi, Salax (Perotti, 82), Paredes, El-Shaaravi (Nainggolan, 71), Jyeko (Totti, 86).
Ogohlantirishlar: Kastro (15), Radovanovich (47).

Mavzuga oid