Jahon | 12:05 / 20.05.2017
5822
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Xitoy Koreya yarim oroli muammosini muhokama qildi

Xitoy davlat kengashining xalqaro masalalarga mas'ul a'zosi Yan Tszechi AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holatini muhokama qildi. Bundan tashqari ular Koreya yarim orolidagi ahvol yuzasidan fikr almashishgan, deb xabar qilmoqda CCTV.

Qayd etilishicha, muloqot Amerika tomoni tashabbusi bilan o‘tkazilgan. 

Mavzuga oid