Jahon | 11:14 / 20.05.2017
9268
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Tramp ma'muriyati Myullerni iste'foga chiqarish uchun imkon qidirmoqda

Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Rossiyaning Amerika prezidentlik saylovlariga ehtimoliy aralashuvini tergov qilishga qarshilik qilish usullari ustida bosh qotirmoqda. Oq uy ushbu ish bo‘yicha maxsus prokuror Robert Myullerni axloqiy choralarni qo‘llagan holda vazifasidan chetlatishni o‘ylamoqda, deb xabar qilmoqda "Reyter" agentligi o‘z manbalariga asoslangan holda. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, Myullerga ushbu ishni tergov qilish vazifasi topshirilganidan so‘ng, Oq uy Federal normativ aktlar to‘plamini o‘rganishni boshlagan. Bundan maqsad, tergovga xalaqit berishdir. Amerika qonunchiligiga ko‘ra, davlat xizmatiga kirgan yuristlar 2 yil mobaynida o‘zlarining sobiq mijozlari bo‘lgan ishlarga jalb etilishi mumkin emas.

Myullerning WilmerHale nomli sobiq huquqiy firmasi AQSh prezidentining kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner manfaatlarini himoya qiladi. U, o‘z navbatida, Rossiya banki vakili va Trampning sobiq maslahatchisi Pol Manafort bilan uchrashgan. Biroq Amerika adliya vazirligi ushbu faktni rad etishi ham mumkin, chunki Myuller Kushner va Manafortning bevosita vakili bo‘lmagan. 

Agar vazirlik Oq uy ilgari surayotgan dalilni ma'qullasa, maxsus prokuror tergov ishidan chetlashtiriladi. 

AQSh adliya vazirligi FQBning sobiq rahbari Robert Myullerni 2016 yilgi prezidentlik sayloviga RFning aralashuvi bo‘yicha ishlarni surishtirish ishiga mas'ul qilib tayinlagan edi. 

Mavzuga oid