Fotojamlanma: Tramp Saudiya Arabistonida qanday kutib olindi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining ilk xorijiy safari davomida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. Tashrif Yaqin Sharqda Saudiya Arabistoni va AQShning terrorchilikka qarshi kurashida kuchli hamkorlik qurishga yo‘naltirilgan.
Saudiya Arabistoniga Tramp bilan birga uning rafiqasi Melanya Tramp, qizi Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner keldi. Trampni qirol Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning shaxsan o‘zi kutib oldi.
Tramp o‘zining ilk safari uchun aholisining aksariyati musulmonlardan iborat bo‘lgan davlatni tanlagan birinchi AQSh prezidenti bo‘ldi. Associated Press axborot agentligining ma'lum qilishicha, Tramp shu tariqa musulmonlarga nisbatan aytgan tanqidiy so‘zlariga qaramasdan, bu mintaqaga hurmat bilan qarashini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.
Tramp Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida ushbu mamlakatning poytaxti Ar-Riyodda ikki kun o‘tkazadi, so‘ngra Isroilga jo‘naydi. U safari davomida shuningdek Vatikanda Rim papasi Frantsisk bilan uchrashadi, Bryusselda NATO sammitida va Sitsiliyada "katta yettilik" uchrashuvida ishtirok etadi.
Suratlar manbasi:Jonathan Ernst/REUTERS
Mavzuga oid
18:07
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
23:55 / 03.12.2024
Saudiya Arabistoni mashinissiz boshqariladigan dunyodagi eng uzun metroni ishga tushirdi
15:20 / 03.12.2024