Sport | 15:05 / 21.05.2017
12419
1 daqiqa o‘qiladi

«Indikar»da avariya. 370 km tezlikda harakatlanayotgan bolid to‘siqqa borib urildi (video)

38 yoshli avtopoygachi Sebasten Burde Indycar chempionati doirasida Indy 500 poygalari uchun saralash vaqtida falokatga duch keldi va jiddiy jarohatlandi. Aylanishlardan birida fransiyalik poygachining bolidi trassa to‘sig‘iga 370 kilometr tezlikda borib urilgan va ag‘darilib ketib, yonishni boshlagan.

Xabar qilinishicha, Burde bu hodisadan keyin ham hushini yo‘qotmagandi. Keyinchalik avariya vaqtida uning suyaklari singan, jumladan o‘ng bel qismida. Yaqin vaqtlar ichida avtopoygachi jarrohlik stoliga yotqiziladi. Uning tiklanish muddati aniq aytilmagan.

Indy 500 — Shimoliy Amerikadagi eng mashhur poygalar bo‘lib, Indianapolisda 28 may kuni o‘tkaziladi. U dunyoda doimiy ravishda o‘tkazib kelinadigan avtopoygalarning eng qadimiysidir, 2017 yilda bu poygalar 101-marta o‘tkaziladi.

Mavzuga oid