Jamiyat | 19:53 / 22.05.2017
10303
1 daqiqa o‘qiladi

Ibitsa aeroportidagi chiqindilar uyumi (suratlar)

Foto: Twitter.com/@hartworx

Tozalash xizmati xodimlari KLE kompaniyasi bir necha oy ketma-ket ba'zi xodimlari maoshini to‘liq bermayotgani munosabati bilan isyon ko‘tardi.

Aeroportda olti kun davomida tozalash ishlari olib borilmadi, bu vaqt ichida terminallarda urnalarga sig‘maydigan darajada minglab bo‘sh shishalar to‘planib qoldi, aksariyat hojatxonalar esa xizmat ko‘rsatmadi. Farroshlar bino yonida yo‘lovchilardan sadaqa so‘rab, norozilik aksiyasini o‘tkazishdi. 

Ispaniya aeroportlarining yagona operatori boshqa kompaniya bilan shartnoma tuzdi. Chiqindilardan tozalash ishlari yaqin orada boshlanishi kutilmoqda.

@blackmadonnachi
@tristram_margison
@_.mar._.co
@volpinaus
@peytonsmusic
@carlesbonnin
@dreywonlucas

Mavzuga oid