Jamiyat | 12:59 / 22.05.2017
22417
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda “Malibu” ichidan giyohvand modda topildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2017 yilning 19 may kuni, taxminan soat 16:00 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan, Olmazor tumanida joylashgan “Mineral suvlar” blok postida xizmat itini qo‘llagan xolda davlat raqami 10 Ye 707 JA bo‘lgan “Malibu” rusumli avtoulov ko‘zdan kechirildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Tekshiruv chog‘ida avtoulov ichida va haydovchi, fuqaro Nuriddin Asatovich Talipovni egnidagi kul rangli jinsi shimining o‘ng cho‘ntagida jami og‘irligi 1,27 gramm “marixuna” giyohvandlik moddalari borligi aniqlangan. 
         
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan N.A.Talipovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash va tashish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
      
Ayni damda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, Talipovning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi JPKning 163,203,206 va 207-moddalari asosida “Malibu” rusumli avtoulov olinib, jinoyat quroli deb topilgan.

Mavzuga oid