Sport | 20:44 / 22.05.2017
34699
6 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston delegatsiyasi Bokudan qaytdi. Turnir sarhisobi

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

O‘zbekiston delegatsiyasi «Islom birdamlik o‘yinlari»ni 63 ta medal bilan kuchli to‘rtlikda yakunladi

12-22 may kunlari davomida Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tgan «Islom birdamlik o‘yinlari» yakunlandi.

Aholisining katta qismini islom diniga e'tiqod qiluvchi kishilar tashkil qiluvchi mamlakatlar o‘rtasidagi Olimpiadada o‘zbekistonlik sportchilar jami 63ta medal olishdi. Bu hisob bo‘yicha to‘rtinchi bor o‘tkazilayotgan musobaqada O‘zbekiston ilk bor ishtirok etishi bo‘ldi.

Qo‘lga kiritilgan medallarning 15tasi oltin, 17tasi kumush, 31tasi bronza bo‘ldi. Natijada O‘zbekiston delegatsiyasi 54 mamlakat sportchilari ishtirok etgan festivalni 4-o‘rinda yakunladi. Kuchli uchlikni Ozarboyjon, Turkiya va Eron to‘ldirdi.

Qayd etish kerakki, 4 yillikning yirik musobaqalarida medallar jamg‘arish bo‘yicha Boku-2017 turnirida O‘zbekiston delegatsiyasi tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

Toshkentda turnirda ishtirok etib qaytgan sportchilarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Turnirda eng yaxshi natijani kutilganidek bokschilar terma jamoasi qayd etdi. O‘zbekiston boks termasi 3ta oltin va 2ta bronza olib, sifat borasida ustunlik ko‘rsatishdi. Quyida qaysi sport vakillari qanday medallar bilan qaytishgani keltirilgan.

Oltin medallar
 

Aliyor Noraliyev finalda kuchli raqibini savalamoqda
Foto: Nodirxo‘ja Yuldashev

Boks
Abdulhay Shorahmatov (56 kg)
Bobo-Usmon Boturov (64 kg)
Aliyor Noraliyev (69 kg)

Karate
Sadriddin Saytmatov (60 kg)

Dzyudo
Gulnoza Matniyozova (-70 kg)

Yengil atletika
Nadiya Dusanova        (Balandlikka sakrash)

Sport gimnastikasi
Oksana Chusovitina        (Tayanib sakrash mashqlari)

Badiiy gimnastika
Anastasiya Serdyukova        (Bulava)

Og‘ir atletika
Rustam Jangboyev (+105 kg)

Taekvondo
Nikita Rafalovich        (74 kg)
Niyoz Po‘latov            (58 kg

Para-atletika
Aleksandr Svechnikov        (Nayza uloqtirish)

Para-atletika
Doniyor Soliyev    (uzunlikka sakrash)

Para-dzyudo
Shuhrat Boboyev            (-90 kg)
Shirin Sharipov        (+100 kg)


Kumush medallar
 

Yunon-rum kurashchisi Islomjon Bahromov

Taekvondo
Umida Abdullayeva (62 kg)
Dmitriy Shokin (+87 kg)

Yunon-rum kurashi
Mo‘'minjon Abdullayev (100 kg)
Islomjon Bahromov        (59 kg)

Badiiy gimnastika
Anastasiya Serdyukova        (halqada bajariladigan mashqlar)
Anastasiya Serdyukova        (koptokda bajariladigan mashqlar)
Anastasiya Serdyukova, Sabina Toshkenboyeva, Nuriniso Usmonova    (jamoaviy bahslar)

Yengil atletika
Nigina Sharipova        (100 m)
Ivan Zaytsev            (nayza uloqtirish)

Og‘ir atletika
Kumushxon Fayzullayeva    (63 kg)
Ulug‘bek Alimov        (85 kg)
Farhod Sobirov        (94 kg)

Paralimpiya
Mansur Abdurashidov        (100 m)

Para-dzyudo
Feruz Sayidov            (-73 kg)

Tennis
Kamola Umarova, Sabina Sharipova, Polina Merenkova         (Jamoaviy bahslar)
Sabina Sharipova va Polina Merenkova            (juftlik bahslari)
Sultonbekov va Saida'lo Saidkarimov            (juftlik bahslari)


Bronza medallar

Bronza sohibi Nigora Tursunqulova shohsupada

Boks
Abrorjon Qodirov        (52 kg)
Mironshoh Ibragimov        (49 kg)

Yengil atletika
Nigina Sharipova         (200 m)
Sergey Dementev        (Yadro uloqtirish)

Badiiy gimnastika
Sabina Toshkenboyeva         (bulava)
Sabina Toshkenboyeva        (lenta)

O‘q otish
Saidxon Sayfuddinov        (pnevmotik, 10 m)
Sakina Mamedova         (pnevmotik, 10 m)

Og‘ir atletika
Ivan Yefremov            (105 kg)
Muattar Nabiyeva        (58 kg)
Doston Yoqubov            (69 kg)
Manzura Mamasaliyeva    (69 kg)
Omadoy Otaqo‘ziyeva        (75 kg)

Yunon-rum kurashi
Rustam Assakalov (98 kg)
Begzod Abdurahmonov (74 kg)
Nodirjon Safarov (57 kg)

Taekvondo
Maksim Rafalovich (80 kg)
Nigora Tursunqulova (67 kg)
Svetlana Osipova (+73 kg)

Dzyudo
Davlatbek Bobonov (81 kg)
Bekmurod Oltiboyev (+100 kg)
Diyorbek O‘rozboyev (-60 kg)
Erkaklar jamoasi
Ayollar jamoasi

Karate
Abdulaziz Atayev (-84 kg)
Dostonbek Otabolayev (-75 kg)
Barno Mirzayeva (-61 kg)

Para-dzyudo
Gulruh Rahimova (-70 kg)

Para-atletika
Elbek Sultonov    (yadro uloqtirish)

Tennis
Saida'lo Saidkarimov, Amal Sultonbekov, Sergey Fomin    (jamoaviy bahslar)
Sabina Sharipova         (yakkalik)

 

Mavzuga oid