Jamiyat | 18:22 / 23.05.2017
5119
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniya shtatida 10 kishi chipsdan zaharlandi

AQShning Kaliforniya shtatidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarining biri yonidan xarid qilingan makkajo‘xori-pishloqli chipslardan zaharlanish natijasida 1 kishi halok bo‘ldi, 9 nafari jarohat oldi. Chicago Tribune nashri shu haqida xabar berdi

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, chipslarda oziq-ovqat mahsulotlaridan o‘tkir zaharlanish va botulizmni avj oldiruvchi bakteriya bo‘lgan. Ta'kidlash joizki, bunday zaharlanish markaziy asab tizimiga ziyon yetkazadi. Zaharlanish natijasida 37 yoshli kishi halok bo‘ldi. Jabrlanganlarga mahalliy shifoxonalarda tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. 

Kaliforniya shtati Sog‘liqni saqlash departamenti test natijalariga ko‘ra makkajo‘xorili chipslar pachkalarida botulizmni keltirib chiqaruvchi bakteriya bo‘lganini tasdiqlagan. 

Mahalliy hukumat xabariga ko‘ra, zaharlanish manbai hali aniqlanmagan, yoqilg‘i quyish shoxobchasi hamda chipslar uchun pishloqli sous ishlab chiqaruvchi korxonada tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid