“Nuroniy” jamg‘armasi urush qatnashchilariga 55,2 million so‘mlik dori-darmonlar yetkazib berdi
2017 yil 23 may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan “Nuroniylarning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashdagi o‘rni” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi rahbariyati, mas'ul xodimlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
2016 yil 28 dekabrda Prezidentning “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatlar keksalarni qo‘llab-quvvatlash davlat tizimini yanada takomillashtirish, qariyalar va faxriylarni ijtimoiy himoyalash, ularning faolligini oshirish, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashdagi rolini oshirishga xizmat qilmoqda.
Anjumanda ta'kidlanganidek, bu vazifalarni hayotga tatbiq etish “Nuroniy” jamg‘armasi oldiga bir qator muhim vazifalar qo‘yadi. Chunonchi, yoshlarni Vatanga muhabbat, keksalarni e'zozlash ruhida tarbiyalashga qaratilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etish, keksalar turmush sifatini yanada yaxshilash, ularning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash borasida joylarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Matbuot anjumanida Farmonning 10-bandi ijrosi 9 may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan “Qahramonlik, burch va fidoyilik” hamda “Ajdodlarni xotirlash — muqaddas qadriyat” shiorlari asosida o‘tkazilgan tadbirlar misolida tahlil qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 4 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ushbu maqsadlarni samarali amalga oshirishda dasturilamal bo‘lgani alohida ta'kidlandi.
Mazkur huquqiy hujjatlar ijrosi doirasida yurtimiz ozodligi, sha'nu sharafi himoyachilariga bag‘ishlangan turli badiiy kechalar, uchrashuvlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazildi, keksalarga alohida izzat-ikrom ko‘rsatildi. Ular moddiy rag‘batlantirildi.
Xususan, 1941-1945 yillarda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 72 yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida 2017 yil 1 maygacha yurtimizdagi 1615 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ikki million so‘mdan bir martalik pul mukofotlari to‘liq va tantanali vaziyatda topshirildi.
Shuningdek, ularga Prezident nomidan sovg‘a-salomlar, O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan zamonaviy avtomobillarni imtiyozli xarid qilish maxsus sertifikatlar topshirildi. 12 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi uy-joy bilan ta'minlandi. Shu maq¬sadida jamg‘arma hisobidan 1 milliard 301 million so‘m mablag‘ ajratildi. 172 nafar urush va mehnat fronti faxriylarining uy-joy ta'mirlanib, bu ishlar uchun 2 milliard 322 million so‘m ajratildi. 135 nafar ehtiyojmand urush qatnashchisi nogironlik aravachasi, eshi¬tish moslamasi va boshqa zaruriy jihozlar uchun 131,35 million so‘m mablag‘ sarflandi. Urush qatnashchilariga 55,2 million so‘mlik dori-darmon vositalari yetkazib berildi.
Mavzuga oid
10:31 / 22.12.2024
Bojxona postidan 9 oylik chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
15:25 / 05.12.2024
IJQKD dorilar xaridi qonuniyligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi
17:32 / 30.11.2024
Buyuk Britaniyada astma xurujlariga qarshi yangi dori ishlab chiqildi
20:33 / 25.11.2024