Germaniya parlamenti deputatlari Turkiyaga borishdan bosh tortdilar
Germaniya Bundestagining (parlament) 4 deputati, jumladan parlament raisi o‘rinbosari Klaudia Rot Turkiyaga rejalashtirilgan safardan bosh tortishdi. Bu haqda DPA axborot agentligi xabar berdi.
Deputatlarni bunga undagan sabab hozircha noma'lum. DPA’ning ma'lum qilishicha, Rot taxminan bir hafta avval rejalashtirilgan 24 maydagi safaridan voz kechishi bo‘yicha omma oldida izoh bermoqchi. Deputatlar Anqara, Istanbul va Diyorbakirga tashrif buyurib, Turkiya tashqi ishlar vazirligi va parlament vakillari bilan Turkiyadagi ichki siyosiy vaziyatni, turk konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatmalarning natijalari, Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni muhokama qilishmoqchi bo‘lishgan. Ularning rejasida Turkiyadagi Injirlik bazasiga tashrif buyurish bo‘lmagan.
Biroq Berlin va Anqara o‘rtasidagi munosabatlarning navbatdagi yomonlashishi Turkiya hukumati Germaniya hukumatini Bundestag deputatlarini Injirlik harbiy bazasiga kiritmasligidan xabardor qilgandan keyin yuz berdi. Bunga javoban Berlin IShIDga qarshi operatsiyada ishtirok etayotgan va Turkiyada joylashtirilgan bo‘linmalarini boshqa joyga ko‘chirishini aytgan. Variantlardan biriga ko‘ra, germaniyalik harbiylar Iordaniyaga ko‘chirilishi mumkin.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
16:23 / 21.12.2024