O‘rta yer dengizida kema falokatga uchrashi oqibatida 31 qochqin halok bo‘ldi
O‘rta yer dengizida bortida muhojirlar bo‘lgan navbatdagi kema falokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 31 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Italiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati.
Avvalroq 20 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Kema Liviya sohillaridan 30 dengiz mili uzoqlikda falokatga uchragan. Ayni vaqtda Rimdagi sohilbo‘yini qo‘riqlash tezkor markazi boshchiligida qutqaruv-qidiruv operatsiyasi o‘tkazilmoqda. Operatsiyada sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatining kemasi, bitta shatakchi kema va nohukumat tashkilotlaridan birining kemasi ishtirok etmoqda,
Operatsiya o‘tkazilayotgan joydan olinayotgan ma'lumotlarga ko‘ra, falokatga uchragan kemada 500 ga yaqin muhojir bo‘lgan, ulardan taxminan 200 nafari bort ortida qolgan.
Ayni vaqtda Italiya sohlbo‘yi qo‘riqlash xizmati O‘rta yer dengizida 1,7 ming muhojirni qutqarish bo‘yicha 15 ta operatsiya o‘tkazmoqda. 200 ga yaqin odam qutqarilgan, halok bo‘lganlarni qidirish davom etmoqda.
Mavzuga oid
23:04 / 24.12.2024
Xitoy qutb suvlarida suzishga qodir dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi kemani sinovdan o‘tkazdi
08:30 / 24.12.2024
Rossiya yuk kemasi O‘rta Yer dengizida halokatga uchradi
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
19:50 / 08.11.2024