Jamiyat | 18:49 / 27.05.2017
3961
2 daqiqa o‘qiladi

British Airways Hitrou va Getvikdan barcha parvozlarni kompyuterdagi xato tufayli bekor qildi

Foto: Getty Images

British Airways aviakompaniyasi kompyuterdagi global buzilish sabab Buyuk Britaniya va Yevropaning eng yirik aeroporti Hitrou va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Londonning ikkinchi yirik aeroporti Getvikdan mahalliy vaqt bo‘yicha soat 18:00 gacha barcha parvozlarni bekor qildi.

"Elektron texnologiyalar tizimlari ishida yirik buzilish ro‘y berdi, hamda bu bizning butun dunyo bo‘ylab havo amaliyotlarimizda juda jiddiy o‘zgarishlarga olib keldi", - deya xabar berdi Britaniyaning eng yirik aviatashuvchisi rasmiy vakili.

Shu bilan birga, aviakompaniyada o‘z kompyuter tizimiga kiberhujumlar ro‘y berganini rad etishgan. "Bu kiberhujumlar ekaniga dalillar yo‘q", - deya ta'kidlab o‘tishdi British Airways’da.

Aviakompaniya yuz bergan vaziyatda yo‘lovchilarga Hitrou va Getvikka parvozlarning ko‘rsatilgan tiklanish vaqtiga qadar bormaslikni tavsiya qildi. "Hitrou va Getvikdagi terminallar juda to‘lib ketgan, hamda biz ushbu aeroportlardagi barcha parvozlarni Britaniya vaqti bo‘yicha kechki soat 6 ga qadar bekor qildik", - deyiladi aviakompaniya bayonotida. 

Mavzuga oid