Fan-texnika | 19:16 / 30.05.2017
5909
2 daqiqa o‘qiladi

«Yandeks» media uchun platformani ishga tushirdi

Foto: Global Look Press / Sergey Smirnov

«Yandeks» internet-kompaniyasi mustaqil mualliflar, brendlar va blogerlarga mo‘ljallangan kontent yaratish platformasini taqdim etdi. Bu haqida «Yandeks.Dzen» servisi mediadirektori Daniil Trabun Yet Another Conference'da ma'lum qildi.

Yangi platforma «Dzen» personal tavsiyalar servisining bir qismi hisoblanadi. U sizda qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan xabarlar, postlar va boshqa maqolalardan iborat yangiliklar turkumini tuzadi. Maqolalar o‘qilgan sahifalar tarixi va foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan mavzulardan kelib chiqib tanlanadi. Endi servis kontent yaratish imkonini ham beradi. Mustaqil mualliflar reklama e'lonlariga ulanib, o‘z materiallarida pul ishlab olishlari mumkin. Bundan tashqari, «Yandeks» homiylik dasturi haqida e'lon qildi: kompaniya eng yaxshi mualliflarga shu yil uchun 1 million dollargacha pul to‘laydi. 

Shu bilan birga «Yandeks» mobil reklama uchun yangi «Narrativ» formatini ishga tushirdi. U brend va mualliflarga qisqa multimediya materiallarini yaratishga yordam beradi. 

Mavzuga oid