Jamiyat | 19:14 / 30.05.2017
8004
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda 4 kilogrammdan ortiq marixuanani sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Namangan viloyatining Uychi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida shu tumanda yashovchi, M.N. va A.A.lar 4 kg. 150 gr. marixuana giyohvandlik vositasini 700.000 so‘mga sotayotganlarida ushlandilar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Hozirgi kunda ushbu giyohvand moddaning manbasini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid