O‘zbekiston | 00:58 / 30.05.2017
9041
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Milliy media kengash tashkil etildi

Foto: "Kun"

2017 yil 29 may kuni Toshkentda Milliy media kengashning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vazirlik va davlat idoralari vakillari, teleradiokompaniyalar, kabel va raqamli axborot uzatish platformalari, xalqaro tashkilotlar, reklama agentliklari ishtirok etishdi. 

Taqdimot davomida spikerlar Milliy media kengashning maqsad va vazifalari, shuningdek, media sohadagi islohotlar bilan tanishtirib o‘tishdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, Milliy media kengash tomonidan O‘zbekistonda televideniye auditoriyasini o‘lchash tizimi  tashkil etiladi va reyting “Kantar TNS” kompaniyasi tomonidan olib boriladi.

Milliy media kengash raisi Ravshan Jo‘rayev televizion o‘lchov tizimi amalga oshirilganidan so‘ng ikki yil davomida televideniye bozori hajmi ikki barobarga oshishiga ishonch bildirdi.

Mavzuga oid