Sport | 07:50 / 31.05.2017
8098
2 daqiqa o‘qiladi

«Lester» yetakchisi jamoani tark etishini e'lon qildi

«Lester» yarimhimoyachisi Riyoz Mahrez yozgi transferlar vaqtida jamoasini almashtirmoqchi ekani haqida bayonot berdi.

«Lester»ga bo‘lgan hurmatim tufayli jamoa oldida mutlaqo to‘g‘riso‘z bo‘lganman. Shunday ekan klub rahbariyatiga boshqa yo‘nalishda olg‘a intilish vaqti kelganini ma'lum qilmoqchiman. O‘tgan yili yozda klub prezidenti bilan yaxshi suhbat olib borgandik. O‘shanda u meni yana bir yil klubga yordam berishimga ko‘ndirgandi. Ammo men ambitsiyalari o‘ta yuqorilar toifasiga kiraman va yangi tajribalar to‘plash uchun olg‘a intilish vaqti keldi deb hisoblayman.

Mening klub bilan va ajoyib muxlislar bilan aloqalarimni butun umr davomida qadrlayman. Umid qilamanki, ular mening qarorimni hurmat qilishadi va to‘g‘ri tushunishadi», — deya jazoirlik futbolchining bayonot matnini keltiradi Sky Sports nashri.

Eslatib o‘tamiz, Mahrez klub safiga 2014 yilda kelib qo‘shilgandi. Uning «Lester» bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Mavzuga oid