O‘zbekiston | 23:32 / 31.05.2017
6871
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIVda Rossiya elchisi qabul qilindi

2017 yilning 31 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4-5 aprel kunlari Rossiyaga davlat tashrifi doirasida imzolangan ikki tomonlama shartnomalarni amalga oshirish jarayoni hamda O‘zbekiston-Rossiya kun tartibining boshqa dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 5 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan edi. 

Mavzuga oid