Buxoro aeroporti MDHda 5-marotaba eng yaxshi aeroport deb topildi
"Buxoro" xalqaro aeroporti "MDH davlatlaridagi yilning eng yaxshi aeroporti" tanlovi g‘olibi bo‘ldi. E'tiborlisi, aeroport bu yuksak unvonga 5-marotaba erishdi. Bu haqda "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasida ma'lum qilindi.
Aeroport "Aeroportni rivojlantirishga qo‘shilgan eng katta hissa uchun" yo‘nalishida diplom va kubok bilan taqdirlandi. Buxoro aeroporti xodimlari 4 marta "MDH davlatlarining eng yaxshi aeroporti", 3 marta "Eng jadal rivojlanayotgan aeroport" va 2 marta "Istiqbolli rivojlanayotgan aeroport" mukofotini olishgan. Tanlovga MDH fuqarolik aviatsiyasining "Aeroport" uyushmasi tomondan tashkil etilgan "Zamonaviy aeroportlar va ularni rivojlantirishdagi eng yangi tendensiyalar" 51-Moskva xalqaro anjumanida yakun yasaldi.
Ta'kidlash joizki, bu anjuman doirasida "Buxoro" aeroporti direktori Tohir Baxranov MDH fuqarolik aviatsiyasining "Aeroport" uyushmasi prezidenti etib saylandi.
"Buxoro" aeroportida 2011 yilda yangi aerovokzal majmuasi qurilgan. Aeroport 2016 yilda ISO 9001:2015 xalqaro muvofiqlik sertifikatini olgan. Aeroport "Boeing", A-310/320/321, An-124 "Ruslan" va boshqa ko‘plab rusumlardagi samolyotlarni qabul qila oladi.
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
21:12 / 12.12.2024
MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini yaratadi
18:28 / 06.12.2024
Qirg‘izistondagi shaharda barcha jamoat joylari bepul Wi-Fi bilan ta’minlandi
16:39 / 26.11.2024