Toshkent viloyatida avtomobil olib qochish, o‘g‘rilik va talonchilik bilan shug‘ullangan voyaga yetmagan shaxslar ushlandi
O‘rtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi 2000 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Ruxshod Tirkashov (ismlari o‘zgartirilgan) muqaddam jinoyat sodir etganligi bois javobgarlikka tortilgan bo‘lsa-da, bundan xulosa chiqarmay o‘zgalarning mol-mulkini yashirin ravishda talon - taroj qilishga urinadi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB Matbuot xizmati.
U jinoiy sherigi 2001 yilda tug‘ilgan Komil Buriyev bilan jinoiy til biriktirib, O‘rtachirchiq tumanida yashovchi Mehrob Vorisovga tegishli “VAZ-2102” rusumli avtomashinani olib qochib ketgan. IIB xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida mashina olib qocharlari tezda ushlangan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida ushbu guruh tomonidan ilgari ham avtotransport vositasini olib qochish, o‘g‘rilik va talonchilik kabi jinoyatlar sodir etilganligi aniqlangan. Bu jinoiy harakatlarga 2000 yilda tug‘ilgan Ilxom Yoqubov ham jalb etilgan.
Jumladan, Komil Buriyev va Ilxom Yoqubovlar tomonidan joriy yilning 14 may kuni To‘ytepa shahri Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan notarius binosi yaqinida eshiklari ochiq holatda turgan sariq rangli “VAZ 21011” rusumli avtomashinani olib qochib ketishgan.
Hozirda ushbu voyaga yetmaganlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:34 / 09.12.2024
“Ozodlikning qadrini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi” - afv etilganlar hikoyasi
21:56 / 26.11.2024
Rossiyada 174 ming nafar politsiyachi yetishmayotgani ma’lum bo‘ldi
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
16:11 / 17.11.2024