Iqtisodiyot | 12:19 / 05.06.2017
14416
2 daqiqa o‘qiladi

Qatar atrofidagi keskinlik neft narxini oshirdi

Foto: Google Images

Yaqin Sharqda navbatdagi siyosiy keskinlik o‘chog‘i paydo bo‘lishi ehtimoli neft narxlari ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. 

Shunday qilib, Brent navli neftning Londonning ICE Futures birjasida avgust oyi fyuchersi uchun narxi (Toshkent vaqti bilan soat 10:10da) 0,63 dollarga qimmatlashib (1,26 foiz), bir barreli 50,58 dollardan sotildi. Bozorning o‘tgan hafta juma kuni yopilishida ushbu neft fyucherslari 0,68 dollar (1,34 foiz)ga arzonlashib, bir barreli 49,95 dollardan sotilgandi. 

Nyu York xom ashyo birjasi (NYMEX) elektron savdolarida WTI nefti fyuchersi 0,61 dollar (1,28 foiz)ga qimmatlashib, bir barreli 48,27 dollarni tashkil etgan. Shartnoma 0,7 dollar (1,45 foiz)ga qimmatlashib, avvalgi savdo sessiyasi natijasiga ko‘ra, bir barreli 47,66 dollardan tuzilgan edi. 

Jahon OAVlarining BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn va Misr Qatar bilan diplomatik va konsullik munosabatlarini buzgani to‘g‘risidagi xabarlari neft bozoriga shunday ta'sir ko‘rsatdi. 

Diplomatik mojaro, hozircha, bu xom ashyo yetkazib berilishiga ta'sir ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, uzilishlar bo‘lishi ehtimoli bor. AQSh energetika vazirligiga ko‘ra, O‘rmuz bo‘g‘ozi orqali dengiz yo‘li orqali yetkazib beriladigan neftning 30 foizi tashiladi. 

Mavzuga oid