Qirg‘iziston prezidenti Tekebayev ishi bo‘yicha sudga guvoh sifatida chaqirilishi mumkin
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi Pervomaysk tumani sudida “Ota makon” parlament fraksiyasi yetakchisi Omurbek Tekebayev va sobiq favqulodda vaziyatlar vaziri Dushonqul Chotonovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha jarayon davom etmoqda, deb xabar berdi Knews.kg.
Sud jarayoni davomida Omurbek Tekebayevning himoyachisi Kanat Hasanov Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyevni qo‘shimcha guvoh sifatida jalb etish borasida iltimosnoma bilan chiqdi. Huquqshunosning fikricha, Atamboyev Vaqtinchalik hukumat a'zosi bo‘lgan va tegishli ko‘rsatmalarni berishi mumkin.
Biroq sudya Ernis o‘g‘li Oybek ushbu iltimosnomani hozircha ko‘rib chiqmasligini ma'lum qilgan. Uning aytishicha, guvohlarni so‘roq qilish chog‘ida Atamboyevni sudga chaqirish kerakligi yoki kerak emasligi oydinlashar ekan.
Eslatib o‘tamiz, Tekebayev va Chotonov firibgarlik va korrupsiyada ayblanmoqda.
Mavzuga oid
16:43 / 27.12.2024
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga start berildi
10:43 / 27.12.2024
Qirg‘iziston ayrim Ko‘rfaz davlatlari fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024