Jahon | 00:52 / 07.06.2017
27722
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriya hukumat kuchlariga zarba berdi

Foto: AFP 2017 / Aris Messinis

AQSh boshchiligidagi koalitsiya At-Tanfadagi Suriya hukumat kuchlariga yangi zarba berdi.

Harbiylar xabarida aytilishicha, "Suriya janubida ixtiloflarga yo‘l qo‘ymaslik hududi ichkarisidagi, Suriyaning amaldagi tuzumini qo‘llab-quvvatlovchi qo‘shimcha kuchlar" yo‘q qilingan.   

"Avvalgi ogohlantirishlarga qaramasdan, Suriya tuzumini qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar ixtiloflardan qochish hududiga kirishgan. Gap At-Tanfa garnizonida joylashgan hamkor kuchlar va koalitsiyaga tahdid qilgan tank, artilleriya, havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari, qurol-aslaha tashuvchi avtomobillar va 60 dan ko‘proq askar haqida ketmoqda", deyilgan xabarda.  

Koalitsiyaning ma'lum qilishicha, bir nechta ogohlantirishlardan keyin ikkita artilleriya quroli, bitta havo hujumiga qarshi qurol va bitta tank yo‘q qilingan".  

Ma'lum qilinishicha, At-Tanfada koalitsiya harbiylari bir necha oydan beri joylashganlar va mahalliy aholini IShIDga qarshi kurashishga mashq qildirmoqda.

"Koalitsiya Suriya tuzumi va tuzumni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar bilan jang qilmoqchi emas, biroq tuzumni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar ixtiloflardan qochish hududini bo‘shatishdan bosh tortsalar, himoyalanishga tayyor", deyilgan koalitsiya qo‘mondonligida va janubdagi barcha kuchlarni e'tiborni IShIDga qarshi kurashga qaratishga chorlagan.  

Koalitsiya avvalroq ham Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlovchi kuchlarga zarba bergandi. Bu 18 may kuni At-Tanfada yuz bergan. Bungacha aprelda amerikalik harbiylar qanotli raketalar bilan Shayrat aviabazasiga zarba berishgandi.

Mavzuga oid