Jamiyat | 14:09 / 07.06.2017
26222
2 daqiqa o‘qiladi

Chilonzorda savdo do‘koni yerto‘lasida bangixona aniqlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2017 yilning 3 iyun kuni taxminan soat 23:00 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Chilonzor tumani hududida joylashgan savdo do‘koni yerto‘lasida Zokirjon G‘ofirovich G‘oipov «marixuana» giyohvand moddasini iste'mol qilishi uchun bangixona tashkil qilganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yerto‘lani ko‘zdan kechirish davomida 1,06 gramm «marixuana» giyohvand moddasi, shpritslar va giyohvandlik moddasini iste'mol qilish uchun asbob-uskunalar olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 273-moddasi 4-qismi (giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, bunday vositalarni iste'mol qilish uchun bangixonalar tashkil qilish va saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

G‘oipovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

 

Mavzuga oid