Jahon | 07:55 / 07.06.2017
10308
1 daqiqa o‘qiladi

Mavritaniya ham Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzishga qaror qildi

Foto: travelask.ru

Mavritaniya boshqa bir qator davlatlar ortidan Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzishga qaror qildi. Bu haqda AMI axborot agentligi xabar bermoqda. 

Mavritaniya hukumati bayonotida ta'kidlanishicha, Qatarning siyosati mintaqadagi terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va ekstremistik g‘oyalarni tarqatish bilan bog‘langan.

Mavritaniya, shuningdek, Qatarni ko‘plab arab davlatlarida anarxiya va keskinlikni ildiz orttirish va bu davlatlar hamda Yevropa va dunyoda gumanitar falokatlar keltirib chiqarishda aybladi.

Mavritaniya hukumati Qatarga arab dunyosi birligi tamoyillariga putur yetkazish odat tusiga kirgandan afsuslanish bildirdi.

Bungacha Iordaniya Qatardagi elchixonasining darajasini pasaytirishga qaror qilgandi. Iordaniya hukumati, shuningdek, o‘z hududida Qatarning "Al-Jaziyra" telekanali faoliyatini taqiqladi.    

Mavzuga oid