Erondagi teraktlar ortida kimlar turgani ma'lum qilindi
Eronda keyingi ikki yil ichida 100dan ortiq teraktning oldi olingan. Bu haqda jurnalistlarga Eron axborot vaziri (Eron maxsus xizmatlari rahbari) Mahmud Alaviy ma'lum qilgan.
U chorshanba kuni sodir etilgan Tehrondagi teraktlar xususida gapira turib, bu teraktga aloqador bir necha kishi qo‘lga olingani haqida ma'lum qilgan.
«Tergov ishlari ketmoqda. Qo‘lga olingan 5 terrorchi avval Abu Aysha ismli yo‘lboshchi bilan Raqqa va Mo‘sulda bo‘lgan. O‘tgan yili ular Eronga qaytishgan. Ular Eronning din markazlarida teraktlar sodir etishni maqsad qilishgan», — degan u.
U hozircha ushbu teraktlarga Saudiya Arabistoni aloqadorligi haqidagi ma'lumotni tasdiqlay olmasligini ma'lum qilgan.
Bundan oldinroq Eron Ichki ishlar vaziri politsiya Tehrondagi teraktga aloqadorlikda gumon qilib, 5 kishini qo‘lga olgani, ulardan biri ayol kishi ekani haqida xabar bergandi.
7 iyun tongida Tehronda ikki terrorchilik akti sodir etildi. 4 kishidan iborat guruh Eron parlamentiga hujum qildi va otishma boshladi. Maxsus xizmatlar 3 jangarini yo‘q qildi, to‘rtinchisi o‘zini portlatdi.
Shuningdek, imom Xomeyni maqbarasiga 2 kishi bostirib kirdi. Ulardan biri o‘zini portlatdi, ikkinchisi politsiya bilan otishma vaqtida o‘ldirildi.
Bu hujumlar davomida qurbon bo‘lganlar soni 17 nafarni tashkil qilmoqda, shuningdek, 40 nafarga yaqin kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid
16:58 / 25.12.2024
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi
20:58 / 24.12.2024
Bloomberg: Rossiyaga Eron qurollarining chorak qismini biznesmen Husayn Shamhaniy yetkazib bermoqda
19:06 / 22.12.2024
Asadning qulashi - Eron tashqi siyosatidagi muvaffaqiyatsizlik
14:52 / 20.12.2024