O‘zbekiston | 18:45 / 08.06.2017
9550
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi

8 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida AQSh Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha Byurosining Markaziy Osiyo bo‘yicha ofisi direktori Valter Skott Rid-uchinchi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-AQSh kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni hamda turli darajalardagi bo‘lajak uchrashuvlarning jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi.

Xalqaro muammolarni muhokama qilish doirasida mintaqaviy masalalarga alohida e'tibor qaratildi.

Mavzuga oid