Sport | 16:10 / 11.06.2017
10032
1 daqiqa o‘qiladi

«Bavariya» an'anani davom ettirdi: Bundesliganing yosh yulduzi safiga qo‘shib olindi

«Bavariya» «Verder»dan Serj Gnabri sotib olingani haqida rasman e'lon qildi.

21 yoshli germaniyalik bu futbolchi myunxenliklar jamoasi bilan 3 yillik shartnoma tuzgan.

Bild ma'lumotiga ko‘ra, transfer qiymati 8 million yevroni tashkil etgan.

Bundan oldinroq «Verder» Gnabrini «Hoffenxaym»ga transfer qilishi haqida ma'lum qilingandi. Ammo muzokaralarga «Bavariya» qo‘shilgach, bu transfer barbod bo‘lgan.

Gnabri «Verder»ga 2016 yilning 31 avgustida «Arsenal» safida 5 million funt evaziga kelib qo‘shilgandi. U bundesliganing yakunlangan mavsumida 27 o‘yinda maydonga tushib, 11 gol urdi va ikki golga uzatma berdi.

Gnabri Germaniya terma jamoasiga ham nomzod hisoblanadi. U Germaniya U21 tarkibida shu yilning 16-30 iyun kunlarida Polshada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatida ishtirok etadi.

Mavzuga oid